19/03/2014
Rashidov Tursunboy Rashidovich

rashidov1984 yildan boshlab O’zR FA ning akademigi, mexanika sohasida taniqli olim, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi, O’zbekiston davlat mukofoti sovrindori. T.R. Rashidov murakkab tarmoqli er osti inshootlari seysmodinamikasi nazariyasi yaratgan, tajribaviy tadqiqotlar va zilzila oqibatlarini keng ko’lamda o’rganib asoslagan. Birinchi marotaba er osti inshootlarini atrofidagi grunt bilan elastik-qovushqoqplastik xossaga ega bo’lgan, o’zaro ta’sirini moxiyatini aniqlagan, quvurlarni mayda zarrachali gruntlar bilan o’zaro ta’sirini ularni birgalikdagi harakatida hamma kinematik parametrlarini hisobga oluvchi reologik modelini ishlab chiqqan. U bino va inshootlarni zilzilabardoshligi nazariyasini, hayotni ta’minlovchi tizimlarni er osti inshootlarini, metropolitenlarni statsionar va peregon tonnellarini hisoblash usullarini rivojlantirgan. Uning raxbarligi ostida GIS-texnologiyasi asosida kuchli zilzilalarda axoli yashash punktlarini seysmik xavfini va zararlanishini baholashni metodologiyasi ishlab chiqilgan va Respublikamizning katta shaxarlariga qo’llanilgan, shuningdek Toshkent, Samarqand, Namangan va Xiva.Uning rahbarligida ishlab chiqilgan tavsiyalar me’yoriy xujjatlarda va Toshkent metropolitenini qurilishida zilzilabardosh qurilish bo’yicha qo’llanma sifatida qo’llanilgan, seysmoizolyatsiyalangan asosli binolarni va er osti kommunikatsiyalarida va zilzilaviy xuddudlarda inshootlar qurilishida qo’llanilmoqda.

Akademiklar